Raqamli san’atijodiy birlashmasi
Bog‘lanish

Dastur haqida

Birlashma faqat tadbir va kontent loyihalari bilan cheklanmaydi. Raqamli ijodkor uchun kundalik ishda kerak bo‘ladigan mahalliy platformalar, servislar va yordamchi vositalarni ham ishlab chiqadi.

Doppi AI

Doppi AI — foto va video yaratish imkoniyatlarini yagona mahalliy xizmatda birlashtiradigan platforma. Foydalanuvchi turli generativ vositalardan bir joyda foydalanishi, ishlarini boshqarishi va kerakli modelni tanlashi mumkin.

Mualliflik huquqi yordamchi moduli

Raqamli asar yaratilganda inson hissasi, foydalanilgan materiallar, texnologiyalar va litsenziyalar bo‘yicha asosiy savollarni tartibga solishga yordam beradigan elektron modul. U yakuniy yuridik xulosa o‘rnini bosmaydi, lekin foydalanuvchiga qaysi masalaga e’tibor berish kerakligini ko‘rsatadi.

Kim uchun?

Raqamli ijodkorlar, studiyalar, kontent yaratuvchilar, ta’lim muassasalari, davlat va xususiy tashkilotlar hamda kreativ texnologiyalar bilan ishlaydigan jamoalar uchun.

O‘zbekistondagi ijodkorlar va tashkilotlar raqamli kontent yaratish jarayonida mahalliy, tushunarli va amaliy texnologik vositalardan foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.