Dastur haqida
Dastur ikki yo‘nalishda ishlaydi: bir tomondan O‘zbekiston ijodkorlarini xorijdagi tanlov, festival, universitet, studiya va rezidensiyalarga olib chiqadi; ikkinchi tomondan xalqaro ekspertlar, tanlovlar va yirik ijodiy tadbirlarni O‘zbekistonga jalb qiladi.
Dastur ichidagi yo‘nalishlar
Biz dunyoga chiqamiz
- Xalqaro tanlovlarga chiqish dasturi
- Xalqaro tajriba dasturi
Dunyo O‘zbekistonga keladi
- O‘zbekiston xalqaro raqamli san’at festivali
- Nufuzli xalqaro tanlovlarning O‘zbekiston bosqichlari
Qanday ishlaydi?
- Imkoniyatni topish
- Ijodkorni moslashtirish
- Portfolio va ariza
- Ishtirokni kuzatish
- Keyingi bosqich va xalqaro aloqa
Nimalarni topish mumkin?
Xalqaro tanlovlar, film va raqamli san’at festivallari, kreativ rezidensiyalar, universitet va studiya dasturlari, malaka oshirish, master-klasslar hamda O‘zbekistonda o‘tkaziladigan xalqaro tadbirlar.
O‘zbekiston raqamli ijodkorlari xalqaro auditoriya, ekspertlar va professional hamjamiyat bilan bevosita ishlash imkoniga ega bo‘ladi. O‘zbekiston esa xalqaro raqamli san’at xaritasida faol maydonga aylanadi.
