Raqamli san’atijodiy birlashmasi
Bog‘lanish
  • 🇺🇿🇺🇸O‘zbek AI maktabi endi AQShda — 1
  • 🇺🇿🇺🇸O‘zbek AI maktabi endi AQShda — 2

Madaniyat vaziri maslahatchisi va “Raqamli San’at” ijodiy birlashmasi rahbari Rauf Nabiev boshchiligidagi delegatsiya ayni vaqtda AQShda bo‘lib turibdi.

Delegatsiyaning Boston University qoshidagi Questrom School of Business vakillari bilan o‘tkazgan rasmiy uchrashuvida ta’lim, sun’iy intellekt va mutaxassislar almashinuvi bo‘yicha bir qator hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilinib, dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Hamkorlik doirasida “Raqamli San’at”ijodiy birlashmasining salohiyatli mutaxassislari va talabalari Boston University’da magistratura bosqichida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishi rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, universitetda generativ AI yo‘nalishida ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘zbekistonlik AI mutaxassislarining master-klasslarini tashkil etish ham ko‘zda tutilgan. Ushbu yo‘nalishdagi dars metodikasini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishda “Raqamli San’at” mutaxassislari ishtirok etadi.

Bu hamkorlikning yana bir muhim tomoni shundaki, tajriba faqat xorijdan O‘zbekistonga olib kelinmaydi. O‘zbekistonda shakllanayotgan AI bo‘yicha bilim va metodikalar ham xalqaro akademik muhitga olib chiqiladi.

Rasmiy memorandumni 2027-yil fevral oyida imzolash rejalashtirilgan.

← Media va yangiliklar

Boshqa yangiliklar

  • Dubayda xalqaro AI-film bo‘yicha kelishuv — 1
  • Dubayda xalqaro AI-film bo‘yicha kelishuv — 2
  • Dubayda xalqaro AI-film bo‘yicha kelishuv — 3

Dubayda xalqaro AI-film bo‘yicha kelishuv

“Inkas” hamda “Aksum” kompaniyalari rahbari, millioner Ulug’bekxon Maksumov va vazir maslahatchisi, “Raqamli San’at” rahbari Rauf Nabiev o’rtasida Dubay shahrida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Batafsil