🇺🇿🇺🇸O‘zbek AI maktabi endi AQShda
O‘zbekistonlik AI mutaxassislari uchun xalqaro ta’lim va tajriba almashinuvi bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
BatafsilBugun «Raqamli san’at» ijodiy birlashmasi hamda Abror Hidoyatov nomidagi teatr rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida teatr sahnasini zamonaviy texnologiyalar asosida yangi bosqichga olib chiqish, xususan, 3D mapping, LED-texnologiyalar, raqamli dekoratsiyalar va vizual effektlarni joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Asosiy maqsad — sahna asarlarida tomoshabinga yanada kuchli taassurot beruvchi ultrarealistik muhit va uch o‘lchamli vizual effektlarni yaratish, an’anaviy teatr san’atini zamonaviy raqamli texnologiyalar bilan uyg‘unlashtirish.
Muzokaralar yakunida tomonlar mazkur yo‘nalishda hamkorlikni boshlash va ishlarni amaliy bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Yangi hamkorlik doirasida raqamli texnologiyalarni teatr sahnasiga tatbiq etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlanadi.
← Media va yangiliklarO‘zbekistonlik AI mutaxassislari uchun xalqaro ta’lim va tajriba almashinuvi bo‘yicha yangi imkoniyatlar ochilmoqda.
Batafsil“Raqamli San’at” ijodiy birlashmasi rahbari Rauf Nabiyev Buyuk Britaniyaning yetakchi ilmiy markazlarida muhim kelishuvlarga erishdi.
BatafsilAbduraufbek Nabievning “AMIR TEMUR” ijodiy loyihasi — AI Film Awards Venice 2026 xalqaro tanlovida 1-o‘rinni egalladi.
Batafsil